AKTRISA MAYNAXON SARIMSOQOVA
Surxon vohasi va o‘zbkek teatrining o‘ziga xos ayalaridan biri edi. Bu kishining yaratgan obrazlari “Nurxon”da Nurxonni onasi, “Gulsara”da Gulsarani onasi, “Faxod va Shirin”da Yasuman kampir, “Maysaraning ishi” spektaklida Maysara, Dossning “Chanduning boshidan kechirganlari” musiqali ertak tomoshasida Maymun kabi obrazlari va barcha musiqali spektakllarda yaratgan betakror obrazlar talqini, o‘zining baland jarangdor ovozi bilan muxlislari qalbidan chuqur joy olgan. U Konsert tomoshalarda ham o‘z iqtidorini namoyon etib yelgan. Ayniqsa mashʼalalar atrofidagi o‘zbek klassik qo‘shiqlarining mohirona ijrosi tomoshabinlarni juda to‘lqinlantirar edi. Surxondaryo teatrining rivoji, ijodiy salohiyati yuksalishida alohida o‘rin tutadigan Maynaxon Sarimsoqova ijodini bugun ham yoshlarimiz o‘rganadilar va u kishini ijodini eʼzozlaydilar.