O‘zbekiston  sanʼat  arbobi,  drijyor  Raxim  Komiljonov.

Raxim Komiljonov teatrda bosh drijyorlik vazifasida ishlab, ko‘plab spektakllar sahnalashtirdi. Ulardan “Zarafshon qizi”, “Nurxon”, “Gulsara”, “Jon qizlar”, “Uch bohodir”, “Ravshan va Zulxumor”, “Tohir va Zuxra”, “Layli va Majnun”, “Ikki bilak uzuk”, “Sevmaganga suykanma”, “Maysarani ishi” kabi spektakllarni ariya, qo‘shiq va xorlarini jamoaga ustalik bilan o‘rgatib, musiqachilar  ansamblini   kadrlar    bilan boyitdi. Ular o‘rtasida ijodiy muhit yaratgan katta ijodiy imkoniyatlarga ega, o‘z ishining mohir ustasi, ajoyib sozanda va drijyor sifatida  R.Komiljonov teatrimiz tarixida alohida o‘rin tutadi.