O‘zbekiston  sanʼat  arbobi  Amin  Karimov.

1974-1990 yillar davomida Amin Karimov teatrimizda bosh dirijyor va direktor lavozimida faoliyat yuritdi. Dirijyor sifatida A.Karimov chuqur musiqaviy bilimga ega, mohir sozanda va yetuk dirijyor edi. A.Karimov “Vatan ishqi”, “O‘jarlar”, “Qizil durrali nozik niholim”, “Maysaraning ishi”, “Momo yer”, “Sevmaganga suykanma”, “Qiz qo‘shig‘i” kabi 30 dan oshiq musiqali spektakllar

sahnalashtirdi va ularga dirijyorlik qildi. Tinib-tinchimas o‘z  ishining mohir ustasi, jamoaga nisbatan talabchan bu sanatkor bor imkoniyatlarini teatrimizning ijodiy ravnaqini yuksaltirish, festival va ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etishi va o‘rinlar olishi yo‘lida katta xizmatlar qilgan. A.Karimov direktorlik faoliyati davomida jamoa o‘rtasida sog‘lom ijodiy muhit yaratgan. U eksprementlarni qo‘llash va uni amalga oshirish borasida repertuar siyosatini zamon talablari darajasiga yetishiga katta xizmatlar qildi. Ayniqsa, teatrda rus tilida spektakllar o‘ynalishi, yoshlar seksiyasini tuzish, qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari uchun teatr kunlarini tashkil qilinishni Respublikamizning barcha teatrlari uchun naʼmuna sifatida yo‘lga qo‘ygan va o‘zbek teatr sanʼati xususan viloyat teatrining ijodiy yutuqlari yo‘lida samarali xizmat qildi.