O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  madaniyat  xodimi,sozanda

 Qayum  Abdulxayev.

 Qayum Abdulxayev yoshligidan o‘zbek milliy cholg‘u-asboblarini chalish, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lish, xzonanda va raqqosalarga kuy-qo‘shiqlar o‘rgatishni o‘zining muqaddas burchi deb bilgan. U Surxon vohasining folklor sanʼatini dunyoga tanitgan Naro‘z, Mustaqillik shodiyonalari va ko‘rik-tanlovlarda namoyish qilib, ularga rahbarlik qilgan mohir sozanda va yoshlarning mehribon ustozi edi. Q.Abdulxayev ijrosida kuylangan va ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarimiz qalbidan chuqur joy olgan. U Surxon folklor xalq og‘izaki ijodi va o‘zbek milliy sanʼatimizni dunyoga, Yevropa, Osiyo va qardosh respublikalarga ko‘rsatib tomoshabinlarni hayratga solgan sanʼatkorlardan biri edi.