O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan madaniyat  xodimi  Mukarrama  Davlatova.

Mukarrama Davlatova professional baletmeystir, raqqosa sifatida teatrimizda bosh baletmeystir lavozimida ishlab ko‘plab raqslar yaratdi. Ko‘plab shogirdlar orttirdi. Uni sahnalashtirgan raqslari yakka tartibda bo‘ladimi yoki spektakllarga qo‘yilgan umumiy raqslar bo‘ladimi o‘ta jozibali, maftunkor va serzavqligi bois tomoshabinni hamisha maftun qilgan. Viloyat madaniyati va sanʼatida,    raqs,    milliy    folklor sanʼatni rivojlanishida Mukarrama Davlatovaning katta xizmatlari bor. Teatr sahnasida yaratilgan asarlar, konset dasturlarida klassik va zamonaviy raqslarni sahnalashtirilishida ham bu kishining ulkan hissalari bor. Viloyatda bo‘lib o‘tgan madaniy maʼrifiy tadbirlar, Navro‘z, Mustaqilikka bag‘ishlangan tantanalarda yosh raqqosalar bilan ishlash va ularni bu tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazilishi uchun mahoratlarini namoyon etishda jonbozlik ko‘rsatgan sanʼatkorlardan biri edi. M.Davlatova viloyatda xoreografiya ijrochilik mahoratini yuqori ko‘tardi. Bugun sanʼat dargohlarida ijod qilayotgan ko‘pgina raqqosalar va baletmeystirlarga ustozlik qildi.