O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Abdurahmon  Namozov.

 Toshkent teatr sanʼati institutini tomomlab ishga kelgan Abdurahmon Nomozov 1959 yildan umrining oxiriga qadar Surxondaryo viloyat teatri saxnasida fidoiylik bilan xizmat qildi. U noyob ovozga ega xonanda sifatida Tojikiston, Qaraqalpogiston, Turkmaniston va Respublikamizning barcha viloyatlariga hamda

Markaziy Osiyo mamlakatlarida muxlislari obro‘-eʼtibor va o‘z o‘rniga sazovor bo‘lgan xonanda sifatida tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin olgan sanʼatkor edi. Shu davrlar ichida Abdurahmon Nomozov tomonidan yaratilgan turli xarakterdagi obrazlar, teatrimizning repertuar tarixini mustahkamlash bilan bir qatorda ijodkor yoshlarimiz uchun o‘qish o‘rganish va tajriba oshirish maʼnosida katta maktab bo‘lib qoldi. Ayniqsa, aktyorning “Boy ila xizmatchi”da G‘ofur, “Layli majnun”da Qays, “Ravshan va Zulxumor”da Ravshan, “Maysarani ishi”da Cho‘pon, “Sevmaganga suykanma”da Safar, “Qizil durrali nozik niholim”da Ilyos, “Vatan ishqi”dagi Subxonqul, “Arshin mololon”da Asqar, “Momo yer”da Suvon, “Oq kema”da Bektosh obrazlarining talqini o‘zining yuqori ijrochilik mahorati va teatrimizning repertuari tarixida alohida o‘rin tutadi.