O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Tillaxon  Latipova

   1940 yillarda Surxondaryo teatriga Toshkent shaxridan bir guruh ijodkorlar kelib, Surxon teatrining ijodiy jamoasi safiga qo‘shildilar. Bular orasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist yoshgina qizaloq tug‘ma talantli aktrisa umrining oxiriga qadar Surxondaryo teatrida yuzdan ko‘proq obrazlar yaratib xalqimizning sevimli ijodkoriga aylandi.

Uning yaratgan “Gulsara”da Gulsaraning onasi, “Nurxonda” Nurxonning onasi, “Layli Majnun”da Podshoyim, “Yoril tosh”spektaklida o‘gay ona, “Pilla aya”da Pilla aya, “Qamashgan ko‘zlar”da Quri xola, “Jon qizlar”da millitsioner, “Shillerning makr va muxabbat” da Miller xonim, “Toshkentning nozanin malikasi”da ona, “Xotinlar xazili”da Kumush bibi, “Kelinlar qo‘zg‘aloni”da Mexri obrazlarini qiyomiga yetkazib ijro qildi va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib keldi.

Tillaxon aya o‘zining yaratgan obrazlari bilan Surxondaryo teatrining mavqeyini oshirdi va kelajagini belgilashda beminnat xizmat qildi. U o‘zidan ko‘plab shogirdlar qoldirdi. Surxon sanʼatining fidoiy tug‘ma qobiliyatga ega bo‘lgan serqirra aktrisasi teatr yoshlari va tomoshabinlar qalbida uzoq saqlanadi.