O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Raxim  Mamataliyev.

 Raxim Mamataliyev noyob isteʼdod egasi tiragik yo‘nalishdagi rollar ijrosini, obrazlar mukammaligini to‘laqonli yorita olgan teatrimizning katta aktyori edi. Teatr sanʼati institutini tugatib kelgach Raxim Mamataliyev o‘ziga berilgan barcha yo‘nalishdagi rollarni qiyomiga yetkazib ijro qilib, xalqimiz va tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelgan Surxon vohasining katta yaratuvchi ijodkori sifatida viloyatimiz madaniyati va teatr sanʼati tarixida, hayotida alohida o‘rni bor edi. U yaratgan “Sepsiz qiz”da Karandishev, E.Vohidovning “Stabul fojeasi”da Iskandar, Shillerning “Makr va muhabbat” fojeasida sikripkachi Muiller, “Alisher Navoiy”da Husayin Boyqaro, “Amir Temur va Yeldirim Boyazit”da Sulton Yeldirim,  “Jinix i nivesta”da Kuyov (rus tili), Sh.Boshbekovning “Taqdir eshigi”da sozanda Erkak, S.Ahmadning “Ufq” dramasida Tursunboy, Chingiz Aytmetovning “Qizil durrali nozik niholim”da Ilyos kabi yuzga yaqin obrazlarni maromiga yetkazib, o‘ziga xos ijrochilik mahorati bilan qaytarilmas darajada  yuqori badiiy ijrochilik mahoratini namoyon etgan aktyorlardan biri edi. R.Mamataliyev ijro qilgan obrazlari u qatnashgan spektakllar ko‘pgina ko‘rik tanlov, xalqaro teatr festivallarida yuqori o‘rinlar olib, o‘zbek teatri aktiyorlik ijrochilik maxoratini rivojlantirishda alohida hissa qo‘shgan aktyorlardan biri edi.