O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Muxiddin  Majidov.

 Muxiddin Majidov o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lgan, yorqin isteʼdodli, ajoyib jarangdor ovozi, sahnaga yarashgan qaddi qomati ila yaratgan har qanday obrazini ichki va tashqi olamini ko‘rsata oladigan iqtidorli ijodkor edi. U aktyor sifatida “Layli va Majnun”da Qays, “Ravshan va Zulxumor”da Ravshan, “Uch bahodir”da Tariyel, “Gulsara”da Haydar, “Maysaraning ishi”da Cho‘pon, “Boy ila xizmatchi”da G‘ofur obrazlarini meʼyoriga yetkazib ijro etgan. U yaratgan takrorlanmas obrazlari  talqini,  yuksak  mahorati  bilan tomoshabinlar va xalqimiz, teatr  mutaxassislarining qalbidan chuqur o‘rin olgan aktyor edi. M.Majidov nafaqat aktyor balki direktor vazifasida ham teatrda uzoq yillar ishlab, teatrda kadrlar qo‘nimsizligiga barham berdi. Repertuar siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, uni shakllantirishda alohida samarali xizmat ko‘rsatgan. Uni xonanda sifatida kuylagan qo‘shiqlari respublika televideniye va radiosining oltin fondida saqlanib, bugun ham uning maʼnaviy meʼrosidan xalqimiz bahramand bo‘lib kelmoqda.