O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Jamil  Ashurov.

 

Jamil Ashurov tug‘ma isteʼdodli aktyorlardan biri edi. U kishini yaratgan obrazlari teatrimiz aktyorlari va yoshlari tomonidan bugun ham qayta-qayta eslanib o‘rganiladi. Bu kishi Toshbolta oshiq rolini qoyil maqom qilib o‘ynagan aktyorlardan biri edi. “Layli va Majnun”da Naufal, “Jon qizlar”da Hasan, “Ravshan va Zulxumor”da Termsak, “Sevmaganga suykalma”da Qozi, “Boy ila xizmatchi”da Hokim obrazlarini  qaytaril mas darajada ijro qilib, tomoshabinlar bugungi Qashqadaryo va Surxondaryo teatri tarixidan munosib o‘rin olgan isteʼdodli aktyorlardan biri edi.