O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist  Amrullo  Narzullayev.

 O‘zining kamtarligi, shirin kalomligi va mehnatsevarligi bilan jamoa orasida alohida eʼtibor qozongan Amrullo Narzullayev jozibali ovozga ega xonanda va yuksak mahoratli aktyor edi. A.Narzullayev hayoti va ijodi Surxondaryo madaniyati, teatr sahna va qo‘shiqchilik sanʼatini rivojida alohida o‘ringa ega.  U yaratgan biri-biridan ajoyib obrazlar, ijro etgan kuy va qo‘shiqlar nafaqat muxlislari qalbida mangu muxrlandi balki bugun ham u kishining shogirdlari tomonidan sevib kuylanib kelinmoqda. A. Narzullayev uzoq yillar mobaynida Surxondaryo teatri sahnasida sermahsul ijod qilib, milliy va zamonaviy kuy qo‘shiqlar yaratgan va  ijro mahorati bilan xalqimizning sevimli sanatkoriga aylangan isteʼdod egasi edi. A.Narzullayev Respublika miqyosida bo‘lib o‘tadigan Navro‘z, Mustaqillik va barcha madaniy-maʼrifiy tadbirlar, bayram shodiyonalarida faol ishtirok etib, tadbirlarning yuqori badiiy saviyada o‘tishi uchun xizmat qilib keldi. U ko‘plab spektakllardagi yorqin obrazlari, jozibali kuylagan qo‘shiqlari bilan qator ko‘rik-tanlovlar, xalqaro festivallarda ishtirok qildi. Surxondaryo viloyat madaniyat va sanʼati rivojida A.Narzullayevning hayoti va ijodi alohida o‘rin tutadi.