O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  artist Miradilova   Kanoatxon.

Qanoatxon Miradilova 1967-2016 yillarda teatrda samarali faoliyat yuritdi. 2009 yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan.

Q.Miradilova ijodiy jamoa orasida qator badiiy yuksak obrazlar yaratgan isteʼdodli aktrisadir. U ijodiy faoliyati davomida bir qator obrazlar yaratdi. Jumladan, Alp Jamol asari  “Mexribon-

lar”da o‘kituvchi, Shukrullo asari “To‘ydan keyin tomosha”da Xolida, J.B.Molyer “Skapenning nayranglari”da Lo‘li qiz, A.Ibroximov asari “Bir o‘likka bir tirik”da Songmi, “Zo‘ldir”da Xurshida Karimovna, X.Xursandov asarlari “Sudxo‘rning Pari qizi”da Sutchi ayol, “Kampir topaymi, dadajon”da Zulayxo momo, “Qaysar chol”da Oydona  M.Xazratqulov “Intizor”da Ruqiya aya, A.Qaxxor asarlari “Ayajonlarim”da Bo‘ston buvi, N.Qodirov “Uch kunli dunyo”da Ro‘zvon momo, T.Maxmudov  “Jannat izlab”da Zarifa, e.Norsafar “Jannatga biz bilan kir”da Kampir, T.Malik “Tashna qalb”da Ona kabi obrazlari shular jumlasidandir. Uning yaratgan obrazlari tomoshabinlar kalbidan chuqur joy olgan.

Q.Miradilova isteʼdodli aktrisa ekanligini  N.Parda asari “Adib Sobir Termiziy” spektaklidagi Binafsha beka  obrazida yana bir bor namoyon etdi. Shu  obrazi uchun Q.Miradilova viloyat kasaba uyushmalari taʼsis etgan Adib Sobir Termiziy mukofotiga loyiq deb topildi. Q.Miradilova yoshlarning mehribon ustozi sifatida juda katta hurmat qozongan ustoz sanʼatkordir. U teatrda barakali mehnat qilish bilan bir qatorda E.Azamov asari asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Erkak” kinofilmida Ona, I.Otaqulov asari “Qamashgan ko‘zlar” ko‘p seriyali vidoyefilmda Ona obrazlarini mahorat bilan maromiga yetkazib ijro etgan.

Teatr jamoasining 2006 yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy xisobot gastrolida X.Xursandov asarlari asosida sahnalashtirilgan “Kampir topaymi, dadajon”da Zulayxo momo, “Qaysar cholning kilig‘i”da Oydona kabi obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar eʼtiborini qozondi. Teatr jamoasi 2007 yil 5-12 aprel kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shaxrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007” xalqaro teatr festivalida va 2008 yil oktyabr oyida Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ekspremental teatrlar festivalida, 2010 yil Almata shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlarining Xalqaro teatrlar festivalida  ishtirok etdi. Ushbu festivallarda Q. Mirodilova yaratgan “Oydona” obrazi festival ishtirokchilari va xayʼat aʼzolari tomonidan yuksak  baholandi. Q.Miradilova fidoiy sanʼatkor, yoshlarning mehribon ustozi, Respublika teatr sanʼatida o‘z o‘rniga ega isteʼdodli ustoz ijodkordir.