Qadrli do‘stlar!

Madaniyat va san’at sohasining fidoyilari!

Barchamizga ma’lumki, madaniyat va san’at insonni ezgulikka chorlovchi, xalqlarni birlashtiruvchi eng muhim vosita sifatida qadrlab keladi.

Hurmatli Prezidentimizning 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 15 aprel “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” etib belgilandi.

Kuy-qo‘shiq, san’at kirib borgan qalb hech qachon yomonlik istamaydi. Shu bois ham yurtimiz azal-azaldan madaniyat va san’at o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Bunga ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini misol qilishimiz mumkin.

Qadrli vohadoshlar!

Bugun viloyatimizda 150 dan ortiq madaniyat va san’at muassasalari 2 ming 500 dan ortiq o‘z kasbining ustalari mehnat qilmoqda.

Eng quvonarlisi, san’atimiz fidoyilari orasida 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, 10 nafar O‘zbekiston xalq baxshisi, 10 ga yaqin “Shuhrat” medali sohiblari, 2 nafar “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti, 6 nafar “Nihol” mukofoti sovrindorlari borligi barchamizning qalbimizni faxrga to‘ldiradi.

Vohamiz azaldan madaniyat va san’at o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Birgina viloyat musiqali drama teatri tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, mazkur koshona 80 yildan ortiq tarixga egaligini ko‘ramiz. Shu davrda bu qutlug‘ dargohda elimizning ardoqli va fidoyi san’atkorlari izlanib, ijod qilib kelmoqda.

Xususan, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, O‘zbekiston xalq artistlari Ergash Karimov, Roza Karimova, Xadicha Boboxonova, O‘zbekiston san’at arbobi Mansur Ravshanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Mayram Mahmudova, Qanoat Mirodilova, Amrillo Narzullaev, Abduraxmon Namozov, Ravshan Namozov kabi iqtidorli san’atkorlarimizning hayot yo‘lida ushbu teatrning o‘rni beqiyos.

Bugun ham bu qutlug‘ dargohda ustoz san’atkorlarimizning munosib davomchilari xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda.

Qadrli san’atimiz fidoyilari!

Baxshichilik beshigi bo‘lgan vohamizda – Sherobod dostonchilik maktabi vujudga kelgani, unga 1866 yilda Sherobod tumanida tug‘ilib, yashab o‘tgan Shernazar baxshi Beknazar o‘g‘li asos solganini aytib o‘tish o‘rinlidir.

Bugungi kunda ham ushbu noyob va betakror san’at davom ettirib kelinayotgani quvonarli holdir.

Shoberdi Boltaev, Xo‘shboq Mardanaqulov, Abdunazar Poyonov, Chori Umirov, Baxshiqul Tog‘aev, Safar Shoydulov, Baxtiyor Artikov, Ravshan Mamatmurodov, Muxammadi Eshboev, Zulxumor Shernazarova kabi o‘nlab baxshi-shoirlar, betakror iste’dod sohiblari ushbu san’atni dunyoga keng tarannum etib kelmoqda.

Hurmatli Prezidentimizning yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklari tufayli bugun madaniyat va san’at xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu borada viloyatimizda ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, viloyatimizda soha xodimlari uchun 3 ta ko‘p qavatli uy-joy qurib foydalanishga topshirildi. Muhtasham San’at saroyi barpo etildi. Viloyat qo‘g‘irchoq teatri barcha zamonaviy sharoitlarga ega bino bilan ta’minlandi.

Qadrli san’atimiz fidoiylari!

Fursatdan foydalanib, barchangizni 15 aprel – Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan butun vohadoshlarimiz nomidan muborakbod etaman.

Xalqimizga quvonch, madaniy xordiq bag‘ishlab, yuksak ma’naviyatli, Vatanga sodiq farzandlarni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan Siz azizlarga sog‘lik-salomatlik, xonadoningizga fayzu-baraka, ijodiy barkamollik tilayman.

What's your reaction?

Leave a comment