Bugun qo‘limizga mutolaa qilishga arziydigan adabiyotlar jamlanmasi yetib keldi. Aniqrog‘i, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tuhfa etildi.

Milliy uyg‘onish, millatning o‘zligini anglash, “adabiyot yashasa, millat yashaydi” degan qayg‘u bilan kurashgan jadid bobolarimiz hayoti va adabiy merosi jam bo‘lgan ushbu kitoblarni varaqlash asnosida bildikki, bu shunchaki o‘qiladigan kitoblar emas…

Umri, ijodi suronli davr, tahlikalar ostida o‘tgan ajdodlarimiz – jadidchi namoyondalarimiz haqida hikoya qiluvchi, bizga ma’lum bo‘lmagan jihatlarini bildirguvchi bu kitobni farzandlarimiz ham, albatta, o‘qishlari kerak. Zotan, bu mutolaa ularning maktablarda, oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, OAV orqali olgan barcha bilimlarini yanada mustahkamlab, jadidchi ma’rifatparvar bobolarimiz haqidagi bor savollariga javob topishlariga ko‘mak beradi.

Kitob javonimizning shunday durdonalar bilan boyishiga hissa qo‘shgani uchun Yoshlar ishlari agentligiga, xususan, Alisher Sa’dullaevga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Ozodbek Nazarbekov,
Madaniyat vaziri

What's your reaction?

Leave a comment